charvak.uz
Avenue Park

Avenue Park

Dam olish maskani haqida

Avenue Park mehmonxonasi Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida, Toshkent shahridan 100 km uzoqlikda joylashgan. Mehmonxona dam olish uchun ideal joy bo‘lib, Toshkent viloyatidagi eng yaxshi shahar tashqarisidagi mehmonxonalardan biri hisoblanadi.

Mehmonxonaning ajoyib joylashuvi Chorvoq suv omborining a’lo va manzarali ko‘rinishidan bahramand bo‘lish imkonini beradi.

Mehmonxonada dam olishning asosiy afzalligi katta shaharlardan uzoqligi, toza, musaffo va shaffof tog‘ havosi, keng yam-yashil tabiat, shuningdek, tog‘larning manzarali ko‘rinishlari va ekologik tozalikdir.

Mehmonxona majmuasi 30 ming kv.m maydonni egallaydi va u yil davomida ochiq bo‘ladi.

Mehmonxona majmuasi 41 xonadan iborat bo‘lib, ular 2 kishilik yashash uchun mo‘ljallangan va barcha zarur jihozlar bilan ta’minlangan — 35 ta standart xona va 6 ta VIP xonadan iborat. Shuningdek, Chorvoqqa qaragan ajoyib manzarasi bo‘lgan 6 ta to‘rt kishilik kottej mavjud.

Qo‘shimcha ravishda, majmua hududida 9 ta sakkiz kishilik kottejlar joylashgan.

Avenue Park Hotel’dagi barcha xonalar narxiga nonushta, yozgi basseyn, shezlonglar, sport anjomlari kiradi.

Avenue Park Hotel mehmonxona majmuasining uchinchi qavatida yozgi terassali restoran bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyati Chorvoq suv omboriga qaragan ajoyib panoramik manzarani berishida. Bu yerda siz mehmonxona bosh oshpazi tomonidan tayyorlangan an’anaviy va nafis taomlarni tatib ko‘rishingiz, shuningdek, kokteyllar va ichimliklarning keng tanlovidan bahramand bo'lishingiz mumkin.

Wellness-markaziga tashrif buyuruvchilarga jakuzi, turk xammomi, rus hammomi va fin saunasi, massaj xonasi va dam olish xonalari taklif etiladi. Issiq suvli yopiq qishki basseynlar — kattalar va bolalar uchun — katta panoramik derazali keng zalda joylashgan. Zal devorlari dengiz uslubidagi freskalar bilan bezatilgan bo‘lib, dengiz qirg‘og‘i atmosferasini yaratadi.

Narxlar ro'yxati

«AVENUE PARK» TOG‘LI KURORTIDA TUROR JOY NARXLARI

01.06.2025 - 06.09.2025

Категория номераБудни / Выходные
Standart Twin/Double (завтрак)1 650 000 / 2 100 000
LUX Double (завтрак)2 500 000 / 3 200 000
Коттедж 4-х местный (без завтрака)3 800 000 / 4 300 000
Наименование услугСтоимость на 1 чел. (сум)
Комплексное меню (для групп свыше 10 чел)от 170 000
Кофе-брейк95 000
Дополнительный завтрак взрослый / детский (до 10 лет)80 000 / 45 000
Доп. Размещение300 000
Band qilish

Ko'rsatilgan xizmatlar uchun barcha to'lovlar milliy valyutada amalga oshiriladi.

Avenue Park Resort
Avenue Park Hotel
Avenue Park charvak
Avenue Park Resort
Avenue Park
Avenue Park resort
Avenue Park Resort
Avenue Park
Avenue Park resort
Avenue Park Resort
Avenue Park Resort
Avenue Park
Avenue Park resort
Avenue Park Resort
Avenue Park
Avenue Park resort
Avenue Park Resort
Avenue Park

Bog'lanish

Toshkent sh. Yakkasaroy tumani, Bobur ko'chasi 34

Copyright © 2021 - 2025 MCHJ «TRAVEL ADVISOR»